Boshqa sayyoralarda ham yog‘ingarchiliklar bo‘ladi

Lekin ular Yerdagi bo‘ronlardan ming chandon xavfliroq

Tasavvur qiling-a, siz matnni o‘qiyotgan xuddi shu daqiqada qayerdadir shisha bo‘roni yaqinlashyapti yoki olmos yog‘yapti. Ilmiy-fantastik filmlarga o‘xshaydi, shunday emasmi? Aslida esa bu boshqa sayyoralarda sodir bo‘lib turadigan tabiat hodisalaridir. ADME sayti boshqa sayyoralardagi iqlim qandayligini bilishga qaror qildi.

Shisha bo‘ronlari

На других планетах тоже бывают осадки, и они гораздо неприятнее земной метели

Quyoshdan atigi 63 yorug‘lik yil uzoqlikda joylashgan chiroyli moviyrang HD 189733b ekzosayyorasining yorug‘lik tomonidagi harorati Selsiy bo‘yicha 930, qorong‘u tomonida esa 425 daraja issiq bo‘lib, soniyasiga 2 kilometr tezlikdagi shamollar esadi. Bu ekzosayyoradagi eng noodatiy tabiat hodisasi esa shisha bo‘laklaridan iborat yomg‘irlardir.

Tosh yomg‘irlari

На других планетах тоже бывают осадки, и они гораздо неприятнее земной метели

Ko‘plab fantast yozuvchi va rassomlarni ilhomlantiradigan COROT-7b ekzosayyorasi 2009 yilda kashf etilgan. U Yerga qaraganda ikki baravar katta. Uning yorug‘ tomonida ulkan lava okeani bor, qorong‘u tomoni esa ulkan muz qatlami bilan qoplangan. Quyoshli tomonidagi harorat taxminan +2 500°S ni tashkil qiladi. O‘zgaruvchan iqlimda erigan jinslardan iborat yog‘ingarchiliklar sodir bo‘lib turadi.

Yashil kristalli yomg‘ir

Eng chiroyli yomg‘ir Yerdan 1350 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan HOPS-68 proto yulduzida yog‘adi. Yulduzga Yerda zargarlik buyumlarini yasash uchun ishlatiladigan “Olivin” shiddatli oqim bilan yog‘iladi.

Quruq qor bo‘ronlari

На других планетах тоже бывают осадки, и они гораздо неприятнее земной метели

Yarim tunda Mars sayyorasi qor bilan qoplanadi. Ushbu tungi bo‘ronlar “muzli mikroo‘pirishlar” deb nomlanadi va ularni ko‘pincha Yerdagi kichik bo‘ronlarga qiyoslashadi. Marsdagi qor bo‘ronlari quruq muzdan, bulutlar esa muzlatilgan karbonat angidrid gazidan hosil bo‘ladi.

Sayyoraning qish mavsumidagi o‘rtacha harorati Selsiy bo‘yicha 63 daraja sovuq, yozi 20 darajagacha issiq bo‘ladi.

Plazmali yomg‘ir

На других планетах тоже бывают осадки, и они гораздо неприятнее земной метели

Hatto Quyoshda ham yomg‘ir yog‘adi. Bu hodisa ko‘proq quyosh chaqnashi sifatida tanilgan radiatsiyaning kuchli portlashi natijasida hosil bo‘ladigan plazma yomg‘irlaridir. O‘ziga xos jihati shundaki, yulduzning tashqi atmosferasi uning yuzasidan ancha issiqroq bo‘lishiga qaramay, plazmali yomg‘ir Quyosh yuzasiga yaqinlashgan sari tezda soviydi. Olimlar haligacha bu hodisaning sababini aniqlay olishmayapti.

Sulfat kislotali yomg‘ir

На других планетах тоже бывают осадки, и они гораздо неприятнее земной метели

Quyosh tizimidagi eng issiq (+462 °S) sayyora Venera (Zuhra)ga 20 kilometr qalinlikdagi bulutlar sulfat kislotali yomg‘irlarni olib keladi. Biroq bu yagona muammo emas: sayyora yuzasida har kuni quyosh shamoli tufayli yuzaga keladigan Venera hajmidan oshib ketadigan portlashlar sodir bo‘ladi. Agar sayyoramizda quyosh shamoli va radiatsiyaning zararli ta’siridan himoya qiladigan magnit maydonlari bo‘lmaganida, bizni xuddi shunday taqdir kutgan bo‘lardi.

Olmosli yomg‘ir

На других планетах тоже бывают осадки, и они гораздо неприятнее земной метели

Eng “boy” yomg‘irlar Neptun va Uranda yog‘adi. Aynan shu yerda olmos yomg‘irlari va olmosli aysberglar bor. Olimlar laboratoriyada ushbu sayyoralar atmosferasi muhitini yuzaga keltirib, tajriba o‘tkazdilar. Ular Neptun va Uran yadrolari yaqinida hosil bo‘lib, to‘planadigan olmoslar og‘irligi millionlab karatga yetadi, degan xulosaga kelishdi.

Neptun va Uranga bu go‘zallikda faqat bulutlarida korund (Yerda yoqut hosil qiluvchi mineral) mavjud bo‘lgan HAT-P-7b ekzosayyora raqobatlasha oladi. Korund bulutlari yomg‘iri ko‘zni qamashtiradi.

Yulduzli shamol

Kosmosdagi eng kuchli va dahshatli iqlim hodisasi bu yulduz shamolidir. Yulduzli shamol har doim koinotda kezib yurib, yulduzlar bilan “oziqlanadi”. Aynan u yulduz massasining pasayishi va buzilishini keltirib chiqaradi, keyin uni yulduzlararo bo‘shliqqa surib qo‘yib, shu bilan yo‘q qilib yuboradi.

Ana shunday sirli-sinoatli koinot... Boshqa sayyoralar yoki koinotning kengliklarida yana nimalar bo‘lishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

B.Muhammadiyeva tayyorladi.