Bosqin sodir bo‘lmadi, biroq Ukraina quvonishga shoshilmayapti
Chorshanbaga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari doimiy dislokatsiya joyiga qaytishni boshladi. Shu bilan birga, qator rasmiylarning bayonotiga ko‘ra, bosqin hali ham bo‘lishi mumkin. Buni, xususan, AQSh prezidenti Jo Bayden televideniyedagi chiqishida aytdi:
“Voqealar rivojining ikki yo‘li ochiq qolmoqda. Rossiya va Qo‘shma Shtatlar tarixiy mas’uliyatni baravar tortadi. Binobarin, global barqarorlik va umumiy kelajagimiz uchun diplomatik yondashuv – muhim tanlovdir. Ammo Rossiya Ukrainaga bostirib kirsa, dunyoning mas’ul davlatlari keskin munosabat bildirishiga shubha bo‘lmasligi kerak.
Moskvada Germaniya kansleri bilan uchrashuvdan so‘ng Rossiya prezidenti Vladimir Putin xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha takliflarga G‘arbdan konstruktiv javob ololmaganidan afsusda ekanini bildirdi va Rossiya urushni xohlamasligini ta’kidladi:
Biz urush xohlaymizmi? Albatta yo‘q. Shuning uchun ham biz muzokaralar jarayoni bo‘yicha takliflarni ilgari surdik, uning natijasi - hamma uchun, jumladan, mamlakatimiz uchun ham teng xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha kelishuv bo‘lishi kerak.
Ko‘pchilik kiyevliklar yaqinlashib kelayotgan bosqin haqidagi xabarlarni jiddiy qabul qilmaganliklarini va o‘z prezidentining harakatlaridan ko‘proq xavotirda ekanliklarini aytishmoqda:
- Bilasizmi, «grajdanin» Putin meni qandaydir qiziqtirmaydi. U qo‘shni davlatning prezidenti. Men esa o‘z davlatimda yashayman va o‘z prezidentim bor, shuning uchun meni prezident Vladimir Zelenskiy qiziqtiradi. U yerda boshqa prezidentlar nima deyishsa deyishaversin.
Ukraina quvonishga shoshilmayapti
Bir kun avval rejalashtirilgan bosqin haqidagi xabarlarga javoban Zelenskiy 16 fevralni Ukrainada birlik kuni deb e’lon qilgan edi.
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba shunday dedi: "Bugun biz mamlakat ichkarisida va xorijdagi barcha ukrainaliklar birlik kunini nishonlaymiz. Bu - Ukrainaning ishonchli hamkorlari bilan birligi hamdir. Rossiya tomonidan yaratilgan xavfsizlik inqirozi davrida nima isbotlandi? Bizni nafaqat so‘zda, balki amalda qo‘llab-quvvatlovchi sodiq do‘stlarimiz borligidan minnatdormiz.
Ukraina rasmiylari aniq belgilarini ko‘rgandagina deeskalatsiyaga ishonishlariga qat’iy aytishmoqda”.