Brent Stirton yilning eng yaxshi yovvoyi tabiat fotosuratchisi bo‘ldi
Oktyabr oyi o‘rtalarida “Yilning yovvoyi tabiat fotosuratchisi – 2022” tanlovi natijalari ma’lum bo‘ldi.
Fotojurnalistika yo‘nalishida Janubiy afrikalik fotosuratchi Brent Stirtonga «Ndakasi» fotosurati uchun birinchi o‘rin nasib qildi.
2007 yilda fotosuratchi ilk bor Ndakasi ismli tog‘ gorillasini suratga olgan edi. «Virunga» milliy bog‘ida butun boshli guruhi ko‘mir yondirgich (ko‘mir, smola, kaliy ishlab chiqarish maqsadida o‘rmon yoquvchi sanoatchi)lar tomonidan o‘ldirilgach, ikki oylik urg‘ochi gorilla qutqarib qolindi.
Reynjer Andre Bauma Ndakasiga halok bo‘lgan onasi o‘rnini bosdi. Inson va gorilla o‘rtasidagi iliq munosabatlar o‘n to‘rt yil davom etdi. 2021 yilda Ndakasi «do‘sti» qo‘lida vafot etdi va Brent Stirtonga gorilla hayotining so‘nggi damlarini ham suratga olish nasib etdi.