Britaniya hukumatiga Boris Jonson yana qaytishi mumkin
Biroq bukmekerlar bu galgi kurashlarda kelib chiqishi hindistonlik bo‘lgan Rishi Sunak (moliya vazirligining sobiq rahbari)ni favorit deb hisoblashmoqda.
Trass partiya tomonidan berilgan mandatni bajara olmasligini tan oldi
Trass qirol Charlz III ni o‘z lavozimini tark etayotganidan xabardor qilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, endi Konservatorlar partiyasi hukumatni boshqaruvchi yangi liderni saylash uchun saylovlarni amalga oshiradi. U o‘zining iste’fosini mamlakatdagi iqtisodiy va xalqaro beqarorlik davrida lavozimga o‘tirgani bilan bog‘lagan. Ayol faoliyatini boshlagan paytda fuqarolar va kompaniyalar to‘lovlarini qanday to‘lash borasida bosh qotirayotgan og‘ir bir mahal davom etayotganini ta’kidladi.
— Putinning Ukrainadagi noqonuniy urushi butun qit’aning xavfsizligiga tahdid solmoqda. Mamlakatimizda esa iqtisodiy o‘sish ancha vaqtdan buyon juda past, - deya davom etdi bosh vazir. - Men Konservativ partiya tomonidan buni o‘zgartirish maqsadida saylanganman. Biz energiya to‘lovlari bo‘yicha takliflar berdik va milliy sug‘urta to‘lovlarini qisqartirdik. Breksit tufayli qo‘lga kiritilgan erkinlikdan foydalanib, past soliqlar bilan tez iqtisodiy o‘sish yo‘lini belgilab olgan edik.
Vaziyatdan kelib chiqib, ayni damda Trass Konservativ partiya tomonidan berilgan mandatni bajara olmasligini tan olgan.
Avvalroq bosh vazir o‘zining soliqni qisqartirish tashabbuslari uchun qattiq tanqidga uchragan edi, u maqsadiga erishishi uchun mamlakatning Moliya vazirini o‘zgartirishiga to‘g‘ri kelgan va e’lon qilingan byudjet rejalarini ham bekor qilgan.
So‘nggi haftalarda Britaniyadagi sotsiologik tadqiqotlar tarixida konservatorlarning mashhurligi rekord darajaga tushib ketdi.
Trass besh hafta oldin Konservativlar partiyasi rahbari va bosh vazir etib saylangandi. Hozircha u yangi bosh vazir saylanmaguncha o‘z lavozimida qoladi.
Muxolifatdagi Leyboristlar partiyasi rahbari Kir Starmer zudlik bilan umumiy saylov o‘tkazilishini talab qildi. Bu talabga Liberal-demokratlar va Shotlandiya milliy partiyasi yetakchilari ham qo‘shildi.
Liz Trassning aytishicha, konservatorlar yangi rahbarini bir hafta ichida saylaydi.
Eslatib o‘tamiz: Liz Trass hokimiyat tepasida bor-yo‘g‘i 45 kun bosh vazir lavozimini ushlab turdi. U Britaniya tarixida eng qisqa vaqt Bosh vaziri faoliyatini olib borgan vazir sifatida qoladi.
Liz Trassning muammolari joriy yilning 23 sentyabr kuni yangi tayinlangan Moliya vaziri ishga tayinlangan kunda boshlandi. Kvazi Kvarteng moliyaviy bozorlarda jiddiy beqarorlikni vujudga keltirgan yangi mini-byudjetni taqdim etdi.
Bu holat parlament partiyasini qattiq g‘azablantirdi.Bosh vazirning bugun iste’foga chiqish masalasi chorshanba kuni kechqurun Jamoatchilik palatasida qizg‘in bahs-munozaralar tufayli belgilandi.
Iste’fo haqidagi e’londan so‘ng darhol moliyaviy bozorlar bu yangilikka xotirjam munosabat bildirishdi: e’londan so‘ng funt avvaliga darhol ko‘tarildi, so‘ng yana 1,12 dollar darajasiga qaytdi.
Liz Trassning nutqidan sal oldin, moliyaviy tahlilchilardan biri vaziyatni izohlab turib, tang ahvolda qolgan bozorlar nima bo‘layotganini dahshat bilan kuzatib turgan.
Trassning vorisi partiyani birlashtirishi kerak va bu oson emas
Yaqin kunlarda yangi bosh vazir paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Konservator deputatlar Konservativ partiya a’zolari o‘rtasidagi raqobatdan qochish uchun uni o‘z ichlaridan chiqishiga umid qilmoqda. Bunday holda, yangi bosh vazirni saylash bir necha oy davom etadi.
Bu yangi bosh vazir (agar partiyani birlashtira oladigan odam topilsa) jiddiy legitimlik muammosiga duch keladi.
Agar yangi bosh vazir Jamoatlar palatasida ko‘pchilik ovozni qo‘lga kirita olsa, u navbatdagi umumiy saylovlar o‘tkazilgunga qadar xizmat qilish konstitutsiyaviy huquqiga ega bo‘ladi.
Boris Jonson yana bosh vazir bo‘lishi mumkinmi?
Nazariy jihatdan, ha. Qanday bo‘lmasin, qonun nuqtai nazaridan, Jonsonga o‘z nomzodini torilar yetakchisi lavozimiga qayta e’lon qilishiga hech narsa to‘sqinlik qilmaydi, shunda u partiya ichidagi saylovlarda g‘alaba qozonib, Dauning-stritga shov-shuvli iste’fosidan keyin ikki oy o‘tgach tez vaqt ichida qaytishi mumkin.
Ehtimol, u aynan shunday qiladi ham. Nima bo‘lganda ham uning uzoq yillik hamkasbi Nadin Dorris 2019 yilda bo‘lib o‘tgan umumiy saylovda britaniyaliklardan ishonch mandatini Jonson olganini eslatib, allaqachon shunday tashabbus bilan chiqqan. Va uni darhol yana to‘rt nafar partiyadosh deputat qo‘llab-quvvatladi.
Bu safar konservatorlar yetakchini o‘ta shoshqaloqlik bilan saylanayotgani (so‘nggi 12 yil davomida hokimiyatga qaytishga uringan va endi nihoyat buning uchun imkoniyat borligini his qilgan leyboristlarning kuchli bosimi ostida) Borisning foydasiga o‘ynashi mumkin. Partiya yetakchisi lavozimiga yangi shaxslar va kutilmagan nomzodlarni kutishning hojati yo‘q. Bu, albatta, Jonsonning g‘alaba qozonish imkoniyatlarini oshiradi.
Times siyosiy sharhlovchisi Stiven Svinforning fikricha, Jonsonning o‘zi rahbarlik lavozimiga o‘z nomzodini ilgari surishga tayyor va hozirda, nashrga ko‘ra, maslahatlashuvlar o‘tkazmoqda, saylovlarda partiya a’zolaridan yordam olishga harakat qilmoqda.
Bundan tashqari, Times gazetasining yozishicha, Priti Patel Jonsonning nomzodini qo‘llab-quvvatlashga allaqachon rozi bo‘lgan, u Jonsonning butun bosh vazirlik muddati davomida Ichki ishlar vazirligini boshqargan. Homiysi shov-shuvli iste’foga chiqqanidan so‘ng, u Liz Trass qo‘l ostida ishlashni istamay, o‘z lavozimini tark etdi va yana oddiy parlament a’zosiga aylandi.
Buning ustiga, Patel hali ham siyosiy muhitda salmoqli o‘ringa ega va uning qo‘llab-quvvatlashi har qanday nomzodning mavqeini sezilarli darajada mustahkamlashi mumkin.
Biroq hozircha bukmekerlar Borisning g‘alabasiga ishonmayapti: uning Konservativlar partiyasini boshqarish va keyingi bosh vazir bo‘lish imkoniyati 18 foizga baholanmoqda. Rasmiy ravishda u kuchli uchlikka kirsa ham, bu poyganing hozirgi favoriti Rishi Sunak (50 foiz) va Penni Mordaunt (31 foiz)nikidan ancha past darajada.