Bugun Boris Jonsonning ishda qolish-qolmasligi hal bo‘lishi kutilmoqda

Britaniya parlamenti bosh vazir Boris Jonsonning COVID-19 lokdauni paytida Dauning-stritdagi bazmda ishtiroki bilan bog‘liq janjal tufayli unga ishonchsizlik votumi bo‘yicha ovoz beriladi, deb xabar bermoqda Sky News.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, u mahalliy vaqt bilan 18:00 dan 20:00 gacha (Toshkent vaqti bilan 22:00-24:00) o‘tadi.

Konservativ partiya deputatlarining kamida 15 foizi, ya’ni 54 kishi "Qo‘mita -1922" deb ataluvchi tashkilot raisi ser Grem Brediga Jonsonga ishonchsizlik maktubi yo‘lladi.

Ma’lumki, 2020-2021 yillarda London qattiq lokdaunda bo‘lgan davrda Dauning-stritda bir nechta «o‘tirish»lar o‘tkazilgan.

May oyida Buyuk Britaniya hukumatining yuqori martabali amaldori Syu Grey koronavirusga qarshi cheklovlar buzilganligi haqidagi ma’lumotlar hisobotini e’lon qildi. Jonson hisobotda tasvirlangan bir qancha tadbirlarda ishtirok etgan va iste’foga chiqish talabi bilan chiqayotgan siyosatchi hamda jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘lgan.

Jonson esa o‘z lavozimini tark etmoqchi emasligini aytmoqda.