Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri, 59 yoshli Boris Jonson sakkizinchi marta ota bo‘ldi

Bu haqda siyosatchining rafiqasi Kerri Jonson Instagramda ma’lum qilgan, deb xabar beradi Vesti.az.

Chaqaloqqa Frenk Alfred Odisseus Jonson ismi qo‘yilgan. Uning Marina Viller bilan nikohidan to‘rt farzandi, san’atshunos Xelen Makintayrdan esa qizi bor.

59 yoshli Borisning Kerri Simonds-Jonson bilan nikohidan esa farzandi uchta bo‘ldi. Yangi tug‘ilgan chaqalog‘idan tashqari, rafiqasi siyosatchiga 2020 yilda o‘g‘il va 2021 yil dekabrida qiz farzand ko‘rgan.