Britaniyalik deputatning o‘ldirilishi - bu terakt
Britaniya parlamentariysi Devid Eymissning o‘ldirilishi rasman terakt deb tasniflandi. Bu haqda Skotland-Yardda ma’lum qilindi. Fojia tergovini London politsiyasining aksilterror bo‘linmasi olib bormoqda.
Qariyb 40 yillik tajribaga ega, hukmron Konservativ partiya a’zosi, 69 yoshli Eymiss saylovchilar bilan uchrashuv paytida o‘ldirilgan. Jinoyatchi unga bir necha pichoq sanchgan. Parlament a’zosi olgan jarohatlaridan vafot etdi. Britaniya matbuoti xabariga ko‘ra, hujumchi - Somalida tug‘ilgan 25 yoshli kishi. Ammo tergovchilar bu ma’lumotni tasdiqlamadi.
Britaniya va xorijiy siyosatchilar marhumning oilasiga hamdardlik bildirdi. Britaniya ichki ishlar vaziri Priti Patel parlament a’zolari xavfsizlik choralarini sinchiklab tekshirishni buyurdi. Odatda, o‘z saylov okruglarida saylovchilar bilan uchrashganda, ularga himoya talab etilmaydi. 2016 yilda «breksit» munozarasi paytida leyboristlar deputati Jo Koks xuddi shunday o‘ldirilgan edi.
Buyuk Britaniyaning siyosiy spektri yetakchilari bir kun oldin o‘ldirilgan deputat Devid Eymsga hurmat bajo keltirdi.
Eymissning o‘ldirilishi Britaniya qonunchilari xavfsizligi haqida savol tug‘dirdi.