Bu yilgi Yangi yilda eng yaxshi sovg‘a "e’tibor" va "naqd pul" ekan
- 30.12.2020 15:06
- 76
- O‘zbekiston

"Ijtimoiy fikr" Markazi sotsiologlari yurtdoshlarimiz Yangi yil bayramiga qanday sovg‘a olishni xohlashlarini bilish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazdi.
So‘rovnomaga ko‘ra, aksariyat ishtirokchilar (41 %) "e’tibor"ni yangi yil uchun eng yaxshi sovg‘a, deb bilishar ekan.
Respondentlarning 38 foizi naqd pul ko‘rinishidagi sovg‘alar ham bayramda eng munosib sovg‘a ekanligini ta’kidlaganlar.
19 % qatnashchilar turmushda zarur va foydali narsalarni bayram sovg‘asi sifatida qabul qilishni ma’qul ko‘rishar ekan. Javob berganlarning atigi 2 foizi chin ko‘ngildan berilgan tuhfani afzal bilishdi.
"So‘rovnoma Markazning telegram kanali orqali onlayn tarzda o‘tkazilganligi bois Respublika bo‘ylab ishtirokchilarni qamrab olish imkonini berdi. So‘rovnomada 1162 nafar respondent ishtirok etdi va natijalar ularning jinsi hamda yoshiga nisbatan taqdim qilindi", deyilgan markaz axborotida.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Registrator ofisida 60 dan ziyod xizmatlar ko‘rsatilmoqda
- 28 daqiqa avval
- Samarqand
Test sinovlari o‘tkaziladigan binolar tayyormi?
- 36 daqiqa avval
- Ta’lim
SamISI da yoshlarga e’tibor qanday?
- 42 daqiqa avval
- Jamiyat
Suv minorasi ta’mirlanmoqda
- 1 soat avval
- Samarqand
Ma’naviyatsiz jamiyat – sust jamiyatdir
- Bugun, 11:50
- Jamiyat