Bugun Nodirbek amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsenga qarshi dona suradi
- 28.12.2021 10:48
- 177
- Sport

Polsha poytaxti Varshava shahrida shaxmatning blits va rapid yo‘nalishi bo‘yicha FIDE jahon chempionati davom etmoqda.
Umumiy mukofot jamg‘armasi 1 million dollarni tashkil qiluvchi ushbu nufuzli musobaqada yosh grossmeysterlarimiz Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Shamsiddin va Jahongir Vohidovlar o‘z mahoratlarini namoyish etishyapti.
E’tiborlisi, 17 yoshli grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov 9-turdan so‘ng 7 ochko jamg‘argan holda qo‘shimcha koeffitsentlarga ko‘ra ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Nodirbekdan yarim ochko ko‘p jamg‘argan amaldagi jahon chempioni, norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen chempionatda peshqadamlik qilyapti.
Bugun 10-turda Nodirbek Abdusattorov oq donalarda Magnus Karlsenga qarshi bahs olib boradi. Kecha Nodirbek qora donalarda o‘ynashiga qaramay, isroillik mashhur grossmeyter Boris Gelfandni mag‘lubiyatga uchratdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Nurobodda turizm qishloqlari tashkil etilyapti
- Kecha, 22:28
- Samarqand
Yetimning haqi
- Kecha, 20:05
- Mutolaa
Arvohlar o‘chimi, tasodifmi?
- Kecha, 18:19
- O'qing, qiziq!