Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bugun Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

2003 yil 9 dekabr kuni Meksikaning Merida shahrida BMT tashabbusi bilan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konvensiya imzolandi. Ayni paytga qadar ushbu konvensiyaga 170 dan ortiq davlat qo‘shilgan.

2003 yil BMT Bosh Assambleyasining 53-sessiyasida qabul qilingan rezolyusiyaga ko‘ra, ushbu kun Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni deb e’lon qilingan.

2020 yil 7 sentyabrda Adliya vazirligi O‘zbekistonning davlat organlari ichida birinchi bo‘lib ISO 37001:2016 faoliyatining barcha yo‘nalishi “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” xalqaro standartiga muvofiq deb baholanib, xalqaro reyestrga kiritildi hamda tegishli sertifikatga ega bo‘ldi.