Bugun yurtimizda "Avtomobilsiz kun" aksiyasi o‘tkaziladi
- 22.09.2021 09:21
- 66
- O‘zbekiston
"Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (735-son, 19.11.2020 yil)ga ko‘ra, 2021 yildan boshlab 22 sentyabr kuni respublika bo‘yicha "Avtomobilsiz kun" sifatida e’lon qilingan.
Shu munosabat bilan YHXBB bugun, 22 sentyabr kuni barcha fuqarolardan ishga, o‘qishga borishda yoki boshqa sabablar bilan yo‘llarda imkon darajasida jamoat transportlaridan, velosipeddan foydalanishlarini yoki piyoda harakatlanishlarini so‘ramoqda.
Ushbu kun jahon miqyosida "Avtomobilsiz kun" hisoblanib, fuqarolar mazkur kunda zaruratsiz holatlarda jamoat transportlarida, velosipedda yoki piyoda harakatlanishadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa