Endi piyoda yurib, 100 million so‘m yoki velosiped yutib olish mumkin

Turizm va sport vazirligi 1hls.uz platformasida kuniga 10 ming qadam yurgan fuqarolarni rag‘batlantirishning yangi tizimini ma’lum qildi.

Endi sutkasiga 10 ming qadam yurganlarni yanada ko‘proq rag‘batlantish maqsadida har haftada quyidagicha sovrinlar o‘ynaladi:

Bitta 100 million so‘m miqdorida pul mukofoti;
1000 ta velosiped.

Har hafta g‘oliblar “Sport” telekanalida jonli efirda tasodifiy tanlab olish mexanizmi orqali aniqlanadi;

G‘oliblarni aniqlash shaffof va xolis bo‘lishi uchun Jamoatchilik nazorati kengashi tuzilgan. Kengashga deputat Rasul Kusherbayev raislik qiladi, huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyev va bloger Nikita Makarenko unga o‘rinbosar bo‘ladi;

- yangi rag‘batlantirish tizimi ishga tushgani munosabati bilan bugun, 16 yanvardan boshlab kuniga 10 ming qadam yurganlarga 3 ming so‘m berish to‘xtatiladi;

- 15 yanvargacha 1hls.uz platformasida 10 ming qadam yurgan barcha fuqarolarga pullar to‘liq to‘lab beriladi.