“Sog‘lom turmush tarzi” platformasi foydalanuvchilariga shu kungacha qancha mablag‘ to‘lab berildi?

Prezidentning 2020 yil 30 oktyabrdagi farmoniga muvofiq tashkil etilgan “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi aholi orasida tobora ommalashib boryapti

www.1hls.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tgan 18 yoshdan yuqori bo‘lgan yurtdoshlarimiz soni 1 million 200 mingdan oshib ketdi. Aniq raqamlarga tayanadigan bo‘lsak, platforma foydalanuvchilari soni 1 million 209 ming 77 nafarni tashkil qilmoqda. Shundan 757 ming 680 nafari erkaklar, 451 397 nafari ayollardir.

Sport va turizm vazirligi xabariga ko‘ra, platforma foydalanuvchilariga shu kunga qadar 43 milliard 45 million 953 ming so‘m miqdorida mablag‘lar to‘lab berilgan.