Bugun yurtimizda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi boshlandi
Joriy yilning may oyida fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) vakolat muddati tugaydi.
Shu munosabat bilan Oliy Majlis Senatining qaroriga ko‘ra, 2019 yil may oyida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi o‘tkazish belgilandi.
Bu galgi saylov 2018 yilda qabul qilingan “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi qonun asosida tashkil etilmoqda.
Avvalgi saylovlardan farqli o‘laroq, endilikda
- fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) bilan bir vaqtda ularning maslahatchilarini saylash tartibi bekor qilindi.
- fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) ikki yarim yil muddatga emas, uch yilga saylanadi.
- saylovda qatnashadigan vakillar soni saylovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar umumiy sonining kamida o‘n ikki foizini tashkil etishi kerak.
- fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi faqat yashirin ovoz berish orqali amalga oshiriladi.
Bu yilgi saylovda Samarqand viloyati bo‘yicha 1094 mahallaga rais saylanadi.