Bulung‘urda “Lacetti” avtoulov xatlangach, barcha qarzlar to‘landi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudining qarori bilan qarzdorlikni undirish to‘g‘risida ijro hujjatlari MIBning Bulung‘ur tumani bo‘limiga kelib tushgan.

Ijro hujjati talabini ixtiyoriy muddatda bajarish yuzasidan qarzdor rasman ogohlantirilib, tushuntirish ishlari olib borilgan. Biroq belgilangan muddatda qarzdorlik to‘lanmaganligi sababli, qarzdorga tegishli “Lacetti” rusumli avtomashina xatlanib, jarima maydoniga joylashtirilgan.

"U qarzlarni to‘lamasa avtotransport vositasini baholatib, auksion savdosiga chiqarilishi anglab yetgach, shu kuni 10 million 300 ming so‘m miqdorda qarzlarni to‘lab berdi", deb xabar beradi Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi axborot xizmati.