Bulung‘urda ona va bola gaz va havo aralashmasining chaqnashi oqibatida jarohat olishdi

Kecha,  6 iyun kuni Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida yashovchi 47 yoshli R.N. o‘ziga tegishli bo‘lgan Mehrjon mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan avtomashinalar ehtiyot qismlarini sotish do‘konida sigaretani yoqish maqsadida o‘t yondirish moslamasini (zajigalka) yoqqan vaqtida xonaga to‘plangan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan.

Natijada R.N. va uning 17 yoshli o‘g‘li X.T. turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilganlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.