Bulung‘urdagi “Maroqand sifat” MChJ 100 ta oilani homiylikka oldi
- 27.04.2020 09:09
- 200
- Samarqand
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati bulung‘urlik saxovatpesha tadbirkorlarning ezgu ishlarga qodir ekanliklarini ko‘rsatdi. El-yurt tashvishiga befarq bo‘lmagan tadbirkorlar harakat ishtirokchisi bo‘lish uchun tumandagi ehtiyojmand oilalarga ko‘mak bermoqda.
Jumladan, “Maroqand sifat” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 100 ta oila homiylikka olinib, mazkur oilalarga 1 million so‘mdan yordam puli yetkazib berildi.
Shuningdek, tuman hokimligi tomonidan tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” markaziy shtabi tomonidan o‘tgan ikki kun davomida Mehrjon, Mirzo Ulug‘bek nomli, Bulung‘ur, Amir Temur nomli, Mingchinor mahallalaridagi ro‘yxatga olingan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yekazib berildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa