Buxoroda kuchli shamol oqibatida 7 nafar fuqaro tan jarohati olgan (foto)

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati Markazining 2020 yil 27 aprel kuni soat 20:30da taqdim etgan ma’lumotiga asosan, joriy yilning 27 aprel kuni Buxoro viloyatining bir qator tumanlarida janubiy-g‘arbiy yo‘nalishda 15-25 m/s (54-90 km/soat) tezlikda kuchli shamol esishi natijasida ijtimoiy soha ob’yektlari, aholi yashash xonadonlarining tomlari uchib zarar yetgan.

Hududdagi daraxtlarning ag‘darilishi natijasida avtotransport vositalari shikastlangan.

Shuningdek, 7 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohati olganlar.

"Kuchli shamol Toshkent shahri va viloyatida ham kuzatilish ehtimoli mavjud. Shu munosabat bilan fuqarolar o‘zlarini ehtiyot qilishlari hamda avtotransport vositalarini daraxtlar va binolarga yaqin joylarda qoldirmaslik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz", deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabarida.