Buyuk odamlar hayotidan kulgili voqealar

Bir kuni Daniyalik taniqli fizik Nils Bor oilasi va do‘stlari bilan akasini kutib olish uchun Shvetsiyaga bordi. Vokzalga kelib u platformadan o‘tish uchun chiptalar sotib olmoqchi bo‘ldi.

Tez orada u chiptalar bilan qaytdi va tushkunlikka tushib: “Qiziq, Shvetsiyada bizga qaraganda ish ancha oqilona qo‘yilgan, bizning chiptaxonalarimiz elektr energiyada ishlaydi, bu yerda esa har bir dastgohda xaridor tanga tushirishdan oldin kichik platforma ustiga chiqib turishiga taklif qilingan yozuv bor, shu tariqa bu mashina qimmat elektr energiyasini sarflamasdan, sizning vazningizdan olinadigan tortishish kuchi bilan ishga tushadi”, dedi. Kutib oluvchilar platformaning kirish qismiga yaqinlashganda, nazoratchi ularni kiritmadi.

- Bu platforma chiptalari emas, - dedi u.
– Bu nimaning chiptasi bo‘lmasa, - deb so‘rashganida, nazoratchi: - Bu bilmadim nima sababdan siz bir necha marta o‘z vazningizni tortib ko‘rgan avtomatik tarozi kvitansiyalari, dedi.

1930 yilda Germaniyada nisbiylik nazariyasini tanqid qilgan “Eynshteyning nohaqligini isbotlagan yuz professor” nomli kitob nashr etildi. Buni eshitgan Eynshteyn yelka qisib qo‘ydi: “Yuzta? Nega buncha ko‘p? Bittasi ham kifoya edi”.

Bir kuni rus-avstriya qo‘shinlari bosh qo‘mondoni Suvorovning oldiga bir ofitserning xotini kelib, eri haqida shikoyat qildi:
- Janobi oliylari, erim menga yomon munosabat qiladi, - dedi u.
- Bu menga tegishli emas, - quruqqina javob berdi Suvorov.
– Lekin u siz to‘g‘ringizda ham yomon gaplarni aytib yuradi, - dedi xotin.
– Bunisi bo‘tam, sizga tegishli emas, - javob berdi bosh qo‘mondon.

Qadimgi yunon dramaturgi Sofokl bir suhbatda yozgan uchta she’riga uch kunlik mashaqqatli mehnat sarflaganini aytdi.
– Uch kun! – xitob qildi o‘rtamiyona bir shoir. – Men bu vaqt davomida yuzta she’r yozgan bo‘lardim.
- Bo‘lishi mumkin, - javob berdi Sofokl, - lekin ular uch kungina yashagan bo‘lardi.

Nemis fizigi Vilgelm Rentgen talabalarga Leyden bankasi (elektr energiyasi to‘playdigan asbob) bilan tajribalarni ko‘rsata turib, tinglovchilarni ogohlantirdi:
- Bu bankani juda ehtiyotkorlik bilan ishlatish lozim. Agar unda yetarlicha katta elektr zaryadi to‘plansa, qulflangan qoplama hatto ho‘kizni ham o‘ldirishi mumkin.

Aniqroq tushuntirish uchun ko‘rgazma sifatida qurilmani fidokorona o‘zi orqali o‘tkazib yubordi. Yengilgina chertki olgan Rentgen beixtiyor qo‘lini tortib oldi va nafasini rostlab so‘radi:
- Xo‘sh, ko‘rdingizmi, nima deysiz? Ana shunaqa... Endi nima bo‘lganini menga biron kishi tushuntirib bera oladimi?
Sarosimaga tushgan talabalar bir-biriga qaradi, nihoyat ulardan biri aytdi:
- Ikkovidan biri, professor... Yoki sizning aytganlaringiz biroz bo‘rttirilgan yoki siz ho‘kizdan ko‘ra sog‘lomroqsiz.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.