Buyuk san’at asarlarida yashiringan sirlar
Dunyodagi ko‘pgina me’morchilik durdonalari va san’at asarlari bolaligimizdan hammaga yaxshi tanish, ularni o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rmagan bo‘lsak-da, ta’rif va tavsifini ko‘p eshitganmiz. Ushbu ijod mahsullarini batafsil o‘rgansangiz, bir talay sirli va ba’zi bir qiziqarli tafsilotlar ochiladi. Qiziq, mualliflar o‘z asarlari orqali bizga nima demoqchi bo‘lgan ekan?
AdMe.ru katta hayrat bilan bu faktlarni bo‘lishdi.
Eyfel minorasining yuqori qavatlaridagi kvartira
Butun Fransiyaning timsoli hisoblangan me’moriy ansamblning tepasida “uy” bor. Minora yaratuvchisi Gustav Yeyfel uning yuqori qavatlarida dam olish yoki mehmonlarni qabul qilish uchun foydalangan kvartirani qurib, jihozlab qo‘ygan.
Parij shahrida ajoyib manzarani ochib beradigan uyning oshxona, vannaxona, yotoq xonalari va mehmonxonasi bor. Hozirda u yerda muallif va Tomas Edisonning mumdan yasalgan figuralari o‘rnatilgan muzey mavjud.
Ozodlik haykali oyoqlaridagi uzilgan zanjir
XIX asrda Jahon ko‘rgazmasi va Amerika Mustaqillik Deklaratsiyasining 100 yilligi sharafiga fransuzlar tomonidan Amerikaga taqdim etilgan erkinlik, demokratiya va qullikka barham berish ramzi - Ozodlik haykalining oyoqlarida odatda sayyohlarga ko‘rinmaydigan singan zanjir yotadi.
Ayzeluort Mona Lizasi
Ko‘plab rassomlar Mona Lizaning nusxalarini chizgan, biroq, olimlar tomonidan Vinchining o‘zi yaratgan Djokondaning yana bir portreti borligi ma’lum qilindi. Shu bilan birga rasm Luvrda saqlanadigan asarning boshqa nusxasi emas.
Qizig‘i, ikkinchi surat 3D-effekt yaratishi mumkin bo‘lgan boshqacha nuqtai nazarni aks ettiradi. Olimlarning fikricha, bu Mona Lizaning oldingi taxmini bo‘lishi mumkin...
Buyuk Britaniyadagi eng mashhur soat
“Big Ben” butun minorani emas, balki faqat uning ichidagi ulkan qo‘ng‘iroqni anglatadi, deb qat’iy aytish mumkin. 2021 yilning sentyabrigacha qo‘ng‘iroqxona rasmiy ravishda “Vestminster saroyining ibodatxonasi” deb nomlangan. Endilikda bu yodgorlik “Yelizavetaning minorasi” deb nomlanadi.
Dastlab “Big Ben” nega va kimning sharafiga aynan shunday nomlangani hozirgacha noma’lum. Bir nazariya qo‘ng‘iroq o‘rnatilishida ishtirok etgan “Ulkan Ben” laqabli gavdasi katta odam sharafiga qo‘yilgan deb aytsa, ikkinchi nazariya og‘ir vazn toifasidagi boks chempioni Benjamin Kauntga ishora qilinishini aytadi.
“Faryod” dagi osmon rangi
Dastlab Edvard Munkning afsonaviy “Faryod” kartinasi “Tabiat faryodi” kabi yangrardi. Bu haqda rassom o‘z kundaligida shunday yozgan edi:
“... to‘satdan osmon qizil rangga bo‘yaldi, men lohasliganimni his qilib to‘xtadim va panjaraga suyanib qoldim – ko‘k-qora dengiz ko‘rfazi va shahar ustidagi qon aralash alangaga qaradim... ”
2003 yilda bir guruh astronomlar rassomni hayratda qoldirgan osmonning yorkin qizil rangi 1883 yilda Krakatau vulqonining otilishi bilan bog‘liq, deb taxmin qilishdi. O‘shanda atmosferaga juda ko‘p miqdordagi vulqon kullari tashlangani natijasida keyingi bir necha yil davomida butun dunyoda juda yorqin, cho‘g‘dek qizil quyosh botilishi kuzatilgan.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.