Charter reyslar orqali Istanbul va Moskvadan 677 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi

O‘zbekiston fuqarolarini xorijdan olib kelish maqsadida tasdiqlangan charter reyslar jadvaliga muvofiq 1-2 may kunlari “Toshkent – Istanbul – Toshkent”, “Toshkent – Moskva – Toshkent” yo‘nalishlarida amalga oshirilgan parvozlar orqali 677 nafar hamyurtimiz O‘zbekistonga olib kelindi.

Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun “Toshkent – Sharja – Toshkent” hamda “Toshkent – Moskva – Toshkent” yo‘nalishlarida charter qatnovlari amalga oshirilishi belgilangan.

Ertaga, 4 iyun kuni esa “Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent” yo‘nalishida charter reysi amalga oshiriladi.