Chiqindi qarzi uchun xonadon elektr tarmog‘idan uziladimi?
- 04.04.2022 16:19
- 376
- Samarqand
Keyingi paytda ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida chiqindidan qarzdor bo‘lgan fuqarolarning xonadonlari elektr energiyasi tarmog‘idan uzib qo‘yiladi, degan turli gap-so‘zlar tarqaldi.
Biz bu xabarga aniqlik kiritish uchun viloyat hokimligi va “Maroqand obod” davlat unitar korxonasi mas’ullari bilan telefon orqali bog‘landik.
- "Samarqand elektr tarmoqlari hududiy korxonasi" va “Maroqand obod” korxonasi alohida-alohida tashkilot hisoblanib, bir-birining qarzdorligi uchun javob bermaydi, -deydi viloyat hokimligining ushbu masalalar bilan shug‘ullanuvchi mas’ul xodimi. – Buning uchun Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori bo‘lishi kerak. Shu sababli Samarqand shahri aholisining xonadonlari chiqindidan bo‘lgan qarzdorliklari uchun elektr energiyasidan uziladi, degan gaplar asossiz.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Bank tizimi korrupsiyadan xolimi?
- Kecha, 17:13
- Samarqand
Ozarbayjon NNTlari - Samarqandda
- Kecha, 14:09
- Samarqand