Mashhur brendlar nomi kimning ismi sharifidan kelib chiqqan?

Kundalik hayotingizda bu mahsulotlarini sotib olganda, ularning nomlanishi, kelib chiqishi, yaratuvchilari kimligi va ular qanday ko‘rinishga ega ekanligi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Bu logotiplar barchaga tanish, biroq dunyo bo‘ylab har kuni foydalaniladigan bu mahsulotlarga nom bergan odamlarni bilmaymiz. Bugun eng mashhur brendlar yaratuvchilarining o‘zi bilan tanishamiz.

Coca-Cola — Jon Pemberton

Как выглядят создатели известных брендов? (12 фото)

Uning retsepti hozirgacha dunyodagi eng mashhur sir saqlanib kelinadigan bo‘lsada, ilgari kokain bilan boyitilgan Koka-koladan aslida morfinga qaramlikka qarshi kurashish usuli sifatida foydalanilgan. Pembertonning “Fransuzcha vinokokasi” deb nomlangan ichimlik fuqarolar urushida yarador bo‘lib, og‘riq qoldiruvchi vositalarga qaram bo‘lib qolgan faxriy tomonidan yaratilgan.

Pepsi — Kaleb Bredhem

 

Koka-kolaning asosiy raqobatchisi Pepsi ham farmatsevt – Kaleb Bredhem tufayli paydo bo‘ldi. Dastlab u “Bredhem ichimligi” deb targ‘ib qilingan va oshqozonni davolash uchun mo‘ljallangan edi. Qizig‘i, 1923 yilda kompaniya bankrotlik to‘g‘risida ariza berdi va Bredhem Pepsi-Cola deb nomlangan brendni o‘z raqobatchilariga uch marta sotishga uringan. Coca-Cola esa xatoga yo‘l qo‘yib bu taklifni rad etdi, negaki 30-yillarda Pepsi olgan daromad oldingi yillarga nisbatan ikki baravar oshgandi.

Colgate — Uilyam Kolgeyt

 

Oramizda Colgate tish pastasini ishlatmagan odam bo‘lmasa kerak. 1806 yilda Angliyalik Uilyam Kolgeyt tomonidan yaratilgan kompaniya dastlab AQShda sovun ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan. Keyinchalik brend og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi mahsulotlari assortimentini kengaytirib taniqlilik tomon yo‘l oldi.

Pampers — Viktor Mills

Dunyoga mashhur Pampers tagliklari birinchi marta 1960 yillarning boshiga sotuvga chiqarildi. Uni nabirasining mato tagliklarini almashtirishdan shunchaki charchagan amerikalik muhandis Viktor Mills o‘ylab topdi.

Mars — Franklin Klarens Mars

Bu sulola o‘zining “Mars. Inc” kompaniyasi bilan bugungi kunda mashhur juda ko‘p shirinliklarni taqdim etdi. Brend asoschisi Franklin Klarens Marsning o‘zi Snikersni ixtiro qilgan bo‘lsa, uning katta o‘g‘li Forrest dunyoga mashhur M&M’s shokoladga o‘ralgan drajelarni ixtiro qildi.

L’Oryeal — Ejen Shueller

L’Oryeal fransuz parfyumeriya va pardoz-andoz kompaniyasi 1909 yilda kimyogar Ejen Shueller tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, dastlab u o‘z faoliyatini faqat soch bo‘yoqlari mahsulotlari ishlab chiqishga yo‘naltirgan edi. Bugungi kunda ushbu kompaniya assortimenti butun dunyoga mashhur.

Boeing — Uilyam Edvard Boing

1910 yilda samolyotsozlikka qiziqib qolgan Uilyam E. Boing ermak uchun samolyot sotib oldi, keyin esa uni osmonda o‘ynatib, buzib qo‘ydi. Ehtiyot qismlarini sotib olmoqchi bo‘lganida, bb qismlarni kutishga oylar ketishini aytishdi. G‘azablangan Uilyam eng yaxshi qismlardan eng yaxshi samolyot yaratishga kirishdi va u bugungi kunda biz biladigan gigant aviakompaniya ishlab chiqaruvchisiga aylandi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.