Cuv toshqinidan aziyat chekkan aholiga sirdaryoliklar o‘z uylaridan joy bermoqda

“Sardoba” suv ombori dambasida suv sizib chiqishi oqibatlarini bartaraf etish uchun viloyatning barcha tuman va shaharlarida bo‘lgani kabi Sirdaryo tumanida ham evakuatsiya qilingan aholini kutib olish uchun zaruriy choralar ko‘rildi.

Ayni damda tumandagi Dehqonobod, Baxmal, Tinchlik, Xazina, Ishonch, Tadbirkor, Orzu, Ahillik, Turkiston MFYlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarimiz, olijanob va mehmondo‘stlik bilan 1400 dan ziyod evakuatsiya qilingan aholiga o‘z uylaridan boshpana ajratishmoqda.

Bundan tashqari, tumandagi 525-harbiy qismda 500 o‘rinli, Baxt shahar yengil-sanoat kolleji binosida 200 o‘rinli yotoq joylari tayyorlanib evakuatsiya qilinayotgan aholini  joylash rejalashtirilgan.

Sirdaryo tumani hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, evakuatsiya ishlari davom etmoqda.