Daftar o‘rniga turli tadbirlardan “tushgan” bloknotlar bilan farzandlarini maktabga jo‘natgan jurnalistlar bor...

2,5 million so‘mning 5 kishilik oilaga yetmasligini isbotlab berganu o‘zining 1,5 million so‘m oyligi yetmayotgani haqida “lom-mim” demayotgan ey mening (vay mani) kamtarinlarim...

Yosh jurnalist Abduhoshim Ziyatovning shu sarlavhali maqolasi hamkasblar orasida, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Tanishing, jurnalist va blogerlar qanday fikr bildiryapti?

Mirzo Ixtiyorov: Yaxshi fikrlar bildirilibdi.

G.Berdiyorova: Yaxshi tahlil bo‘libdi, Abduhoshim!

F.Norbo‘tayev: Startni Abduhoshim boshlab berdi. Davom ettiradiganlar bormi?

A.Isroilov: Zo‘r maqola bo‘libdi Abduhoshim. Ba’zi joylarida "qiyofadoshlarimni" ko‘rdim.

Ilhom: Jurnalistlarning ming yillik, hech kimga aytolmaydigan dardi aytilibdi nihoyat. Ajoyib!

U.Soriyev: Mahzun kechinma. Balki badihaga ham o‘xshab ketar. Ammo men buni tahlil deya olmayman. Bu vulqonga o‘xshayapti.

D.Esonova: Toshkentda yillab ijarada yurib, beshta bolasiga daftar o‘rniga prizentatsiyalardan tushgan bloknotlarni berib, maktabga jo‘natgan jurnalistlarni bilaman. Bu bo‘lgan voqealar. Hech bo‘lmasa, qalam haqidan olinadigan soliqni yo‘q qilsa bo‘lar edi.

Intellektual mehnat evaziga ko‘z nurini ketkazib, maqola yozib, oila tebratish oson ish emas.

H.Nurmatova: Hech bo‘lmasa, shuni olmasa ham rozi edik. Abduhoshim, sizga ozgina turtki bo‘lib, ko‘nglingizdagi gaplarni so‘raganimga ham xursand bo‘lyapman. Ofarin...

A.Yo‘ldoshev: Ko‘ngildagi gaplar. Ijodkorga uyli bo‘lish oson emas. Lekin shuncha qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, erishsang ham...

X.Ernazarova: Abduhoshim, ikkinchi maqolani ham yozing. Unda Xurshida opangizni 20 yil deganda KREDITga uy olganini, uyning bosh to‘lovi uchun 4 yil Rossiyada ishlab kelganini, arzon-uy joy uchun yolg‘iz ona bo‘lsa-da, 3 yil navbatda turganini, navbati kelib pul to‘laganida 5 oydan keyin chaqirib, uyingiz xususiy uy, foizi 18 foiz deganini... Xullas, qolganini kelsangiz o‘zingizga batafsil aytib beraman. Ijodingizga omad, maqola zo‘r chiqibdi!

O.Jo‘rayev: RESPEKT! Boshqalarga ham tavsiya qilaman. 10 daqiqa vaqtingiz ketadi, lekin arziydi. Yosh jurnalist yozibdi, uy va mashina masalasini ko‘targani yaxshi bo‘libdi!.. Mana, matbuotda ish boshlashning foydasi, odam tezroq pishadi, toblanadi...

Kamola: Zo‘r, haqiqatni yozgan, deb o‘ylayman!