Dam olish kunlari farzandingizni qayerga olib borishni bilmayapsizmi?

Istirohat bog‘lari yopiq ayni paytda dam olish kunlari farzandingizni aylantirish uchun eng yaxshi maskan - Samarqand shahridagi Kitob olami ma’rifiy majmuasidir. Bu yerda turli yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan ajoyib va rang- barang kitoblar, o‘zingiz uchun qiziqarli badiiy adabiyotlarni tanlashingiz mumkin. Majmuadagi qulay sharoit va injiq kitobxonning ham didiga mos kitoblar, xizmat ko‘rsatuvchilarning xushmuomalasi sizni kitobga oshno qilib qo‘yadi.

Kitobga oshno farzand esa sizning orzuingizdagi bola bo‘lib voyaga yetadi.