Daniya qirg‘oqlariga o‘n minglab poyabzal va muzlatkichlar oqib kelgan

Qirg‘oqda ko‘plab poyabzaldan tashqari, arava g‘ildiraklari, tibbiy buyumlar, hatto muzlatkichlar sochilib yotibdi.

Poyabzal va boshqa buyumlar dengizda yuk tashishga ixtisoslashgan Maersk kompaniyasiga tegishli bo‘lgan. Juma kuni kompaniyaning eng yirik konteynerli kemasi Shimoliy dengizda og‘ir ob-havo sharoitiga duch kelgan va kamida qirq 40 fut (qariyb 13 metr)lik konteyner suvga qulagan. Odamlar va kema zarar ko‘rmagan.

Qirg‘oq qo‘riqchilarining aytishicha, bunaqasi hali bo‘lmagan, ular qirg‘oqqa kit, baliq yoki chiqindi oqib kelganini ko‘rgan xolos.