Daniyada koronavirus bilan kasallangan qorakuzanlar tiriklayin yoqib yuborildi
Bu haqda REN TV xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, hukumat qorakuzan (norka)larni yo‘q qilishga buyruq bergan va o‘ldirishni g‘ayriinsoniy tarzda amalga oshirgan - gaz kameralaridan omon qolgan qorakuzanlar tiriklayin yoqib yuborilgan.
Ma’lumki, hayvonlarni yo‘q qilish haqidagi buyruq bosh vazir Mette Frederiksen tomonidan berilgan bo‘lib, Daniyaning advokat va aksariyat siyosatchilari bu qarorning noqonuniyligini ta’kidlashmoqda. Ushbu holatga qarshi sud jarayoni boshlanadi.
Avvalroq Daniyaning oziq-ovqat va baliqchilik bo‘yicha premer-ministri Mogens Yensen mutatsiyalangan koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida qabul qilingan qorakuzanlarni qirib tashlash to‘g‘risidagi qarorning xatoligini tan olgan edi. Shuningdek, mamlakat bosh vaziri Mette Frederiksen ham hukumatning qorakuzanlarni shafqatsizlarcha yo‘q qilish to‘g‘risidagi noqonuniy qaroridan afsusda ekanligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 5 noyabr kuni Daniyada mutatsiyaga uchragan koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida mo‘yna ishlab chiqaruvchi fermer xo‘jaliklaridagi barcha qorakuzanlarni o‘ldirish haqida qaror qabul qilingan. Ushbu hayvonlarda odamlarga yuqadigan va antitellar hosil qilishni zaiflashtiruvchi infeksiya aniqlangan edi. Qorakuzanlarning yangi SARS-CoV-2 koronavirusiga chalinishi Daniyadan tashqari yana 5 ta mamlakat - Gollandiya, Ispaniya, Shvetsiya, Italiya va AQShda sodir bo‘lgan.