Kopengagenda otishma oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, Kanadada besh kishi yaralandi
Otishma Daniya poytaxti Kopengagendagi Field’s savdo markazida sodir bo‘ldi, yana uch kishi og‘ir ahvolda, deya xabar bermoqda Associated Press politsiyaga tayanib.
Voqea yakshanba kuni kechqurun sodir bo‘lgan, vahimaga tushgan mijozlar markazdan qochishga harakat qilishgan.
Bir kishi hibsga olingan. Poytaxt politsiyasi rahbari Soren Tomassen aytishicha, gumonlanuvchi 22 yoshli daniyalik bo‘lib, hujum sabablari noma’lum.
Shuningdek, Kanadaning Viktoriyavil shahrida bir kishi besh kishini pnevmatik qurol bilan yaraladi, deb xabar bermoqda Journal de Montréal politsiyaga tayanib.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, gumonlanuvchi qo‘lida to‘pponchaga o‘xshash buyum tutgan va yo‘lda odamlarga tahdid qilgan. Jinoyatchi qo‘lga olingan.