Daraxt kesishga moratoriy e’lon qilingan. Ammo uyimiz oldidagi qurigan daraxtlarni kesishimiz mumkinmi?

Davlat xizmatlari agentligi matbuot kotibi Sevara Zokirovaning ta’kidlashicha:

⚡️ O‘rnatilgan moratoriy tabiiy omillar yoki zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari ta’sirida zararlangan, qurib borayotgan yoki qurib qolgan, shuningdek, fuqarolarning hayoti va sog‘ligiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf tug‘diruvchi daraxtlar va butalarni sanitar kesish va qirqishga joriy etilmasligi belgilangan.

📎 Asos — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 oktyabrdagi PF-5863-son Farmoni.

❗️ Bunda yuqoridagi holatlarda daraxt kesish bo‘yicha ruxsatnoma olish uchun umumiy tartibda davlat xizmatlari markazi yoki elektron ravishda (my gov uz) orqali murojaat qilinishi mumkin.

▫️ Vakolatli organ (tumanlar (shaharlar) hokimliklari va Davlat ekologiya qo‘mitasi organlari) jismoniy va yuridik shaxslarning davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma berish bo‘yicha bergan so‘rovnomalarini 6 (olti) ish kuni davomida ko‘rib chiqib, daraxt kesishga ruxsatnoma berishni yoki uni rad qilishni hal qiladi.