Daryoga tushib ketgan qirg‘izistonlik yigitning jasadi O‘zbekistonda topildi
- 29.06.2020 18:30
- 204
- Hodisa
17 yoshli qirg‘izistonlik o‘smirning jasadi O‘zbekiston hududida topildi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston mamlakat FVVga asosan.
Yigit 14 kun avval Jalolobod viloyati Oksiy tumanidagi “Norin” daryosiga tushib ketgandi. 10 kun davomida FVV qutqaruvchilari qidiruv ishlarini olib borishdi. Ammo bu natija bermadi.
28 iyun kuni o‘smirning jasadi O‘zbekiston hududida mahalliy aholi tomonidan topildi. Uni daryo oqimi olib kelgan. Uning shaxsi tasdiqlanib, shu kunning o‘zida jasad qarindoshlarga topshirildi.
Teglar:
suvda cho‘kish