Davlat liderlari orasida koronavirusdan birinchi o‘lim qayd etildi

COVID-19 ning birinchi qurboni Afrika davlatining bosh vaziri Esvatini Mandvulo Ambrose Dlamini bo‘ldi, deb yozadi Daily Mail.

Noyabr oyi o‘rtalarida 52 yoshli siyosatchiga koronavirus tashxisi qo‘yilgan. Ammo keyinchalik unda kasallik alomatlari yo‘qligi va o‘zini yaxshi his qilayotgani aytilgan edi. Dekabr oyi boshlarida Dlaminining ahvoli keskin yomonlashdi va uni qo‘shni Janubiy Afrikadagi kasalxonaga yotqizishga majbur bo‘lishdi. Bosh vazir u yerda taxminan ikki hafta bo‘ldi va keyin vafot etdi.

Avvalroq, koronavirus AQSh prezidenti Donald Tramp, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Braziliya prezidenti Jair Bolsonaroda aniqlangan edi. Bundan tashqari, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin COVID-19 bilan kasallangan.