Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institut tashkil etildi
Prezident qaroriga ko‘ra (PQ–4879-son, 04.11.2020 yil) Fiskal institut (Institut):
➖ soliqlar va soliqqa tortish sohasi uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tayanch OTM;
➖ moliyaviy nazorat va audit hamda soliq, moliya va tijorat huquqi, shuningdek, iqtisodiyotda axborot texnologiyalari sohalarida kadrlar tayyorlash va yuqori darajada fundamental hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilishini ta’minlaydigan OTM hisoblanadi.
Institutda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.
Shuningdek, 2020/2021 o‘quv yilidan Farg‘ona va Toshkent soliq kollejlari Institut huzuridagi soliq texnikumlariga aylantiriladi.
Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.