“Davlat tili haqida”gi qonunning yangi tahriri ishlab chiqiladi

O‘zbekiston Republikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrda qabul qilingan “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga uch oy muddatda “Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bugungi kun talablari nuqtai nazaridan takomillashtirgan holda uning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish vazifasi topshirildi.