Davlat tiliga e’tiborni vazirliklarimizdan boshlash zarur

Hozirgina qo‘limizga kelib tushgan ushbu hujjat o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganining 30 yilligi arafasida mamlakatimizdagi yirik vazirliklardan biri - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan yurtimizdagi tegishli vazirlik va xo‘jalik birlashmalari, banklar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuborilgan.

Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, “Davlat tili haqida”gi qonunning 8-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi. Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham e’lon qilinadi” deb belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, qonunning 9-moddasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritilishi belgilab qo‘yilgan. Faqatgina zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta’minlanishi belgilangan. To‘liq boshqa tilda yoziladi, deyilmagan.