Davlat xizmatlari yagona reyestri yangilandi

E’lon qilingan ro‘yxat 716 ta davlat xizmatini o‘z ichiga oladi (avvalgisi - 693 ta).

Unga quyidagi yangi pozitsiyalar kiritilgan:

- o‘zini o‘zi band qilganlarga vaqtinchalik guvohnomasi berish;

- bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan subsidiya va grantlap ajratish;

- xususiy bandlik agentliklariga litsenziya berish, shuningdek, ularni Xususiy bandlik agentliklari reyestriga kiritish;

- tabiiy gazni hisobga olish priborini (hisoblagich) plombalash;

- xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarning kasbiy malakasini tasdiqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan o‘tkazish;

- alohida asoslarga ko‘ra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan bo‘shatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash;

- OTM talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash;

- OTMning sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish uchun hujjatlarni qabul qilish;

- xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta va o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risida hujjatlarni tan olish uchun elektron ariza yuborish;

- bolalarni ixtisoslashtirilgan bolalar bog‘chalariga qabul qilish;

- gerb tasviri tushirilgan muhrlarni yasatish huquqini beruvchi ruxsatnoma berish;

- IIOning xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan turistlar va turistik guruhlarni kuzatib borish bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatish;

- fuqarolarning xorijga chiqishi uchun biometrik pasport berish va boshqalar.

Hujjat 2019 yil 13 sentyabrdan kuchga kirdi.