Davlatsiz millatlar, Yevropadagi o‘z davlatiga ega bo‘lmagan yirik xalqlar
Fuqaroligi (o‘z davlati) yo‘q millatlar – bunday ta’rif taqdir taqozosi bilan o‘z davlatiga ega bo‘lmagan xalq va millatlarga berilgan. Ular boshqa kuchli va ko‘p sonli etnik guruhlarga singib ketib, o‘zlashtirilgan bo‘lsa-da, o‘z urf-odati, madaniyatini saqlab qolishgan. Ba’zilari markaziy hokimiyatga sodiq qoladi, boshqalari esa muxtoriyat tuzadi yoki ajralib chiqishga intiladi.
Ushbu maqola orqali Yevropadagi eng yirik mayda millatlar haqida bilib olamiz.
Sitsiliyaliklar
Italiya janubida yashovchi eng yirik mayda millatlardan biri, italiyaning subetnosi deb hisoblaydigan etnologlardan farqli o‘laroq, 15 million sonli sitsiliyaliklar o‘zlarini alohida millat deb bilishadi. XII asrdan beri mustaqil siyosiy tarix olib borayotgan sitsiliyaliklar rasman 1861 yilda Italiya qirolligi tarkibiga kirgan va 1943 yildan buyon mustaqillika intilib kelmoqda. Biroq, mahalliy parlamentdagi ovoz berishlar ularning atigi 20-30 foizida Italiyadan ajralib chiqish istagi borligini ko‘rsatdi.
Kataloniyaliklar
Pireney yarim orolining eng qadimgi xalqlaridan biri kataloniyaliklar 8,2 million aholiga ega.
2006 yilda ular referendum o‘tkazib, Ispaniyadan ajralib chiqishga harakat qilishgan. Muvaffaqiyatsizlikka qaramay, ular soliq tizimi, qonun ijodkorligi va migratsiya siyosati mustaqilligiga erishdi. 2017 yilda Kataloniya hukumati ikkinchi referendumni o‘tkazdi, biroq bu ham mustaqillika olib kelmadi: markaziy Ispaniya hukumati har tomonlama bunga qarshilik ko‘rsatib kelmoqda.
Tatarlar
Rossiyadagi ikkinchi yirik xalq XIII asrda Oltin O‘rda bosimi ostida Volga bo‘yidagi turli ko‘chmanchi xalqlarni aralashtirish natijasida shakllangan. 6,4 million kishidan iborat millatning 5,3 millioni Rossiyada istiqomat qiladi.
Tatarlar ikki marta - fuqarolar urushi paytida va SSSR parchalanganidan so‘ng mustaqilikka erishishga harakat qilishdi. Biroq Moskva imtiyoz berish orqali mintaqani mamlakat tarkibida saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Tatariston o‘z tili va an’analarini saqlab qolgan, o‘zining kuchli mahalliy siyosatchilariga ega. Qozon vaqti-vaqti bilan markaziy hokimiyat bilan to‘qnash kelsa-da, avtonomiya masalasi yo‘qqa chiqarilgan.
Shotlandiyaliklar
Mamlakat uzoq vaqt mustaqil bo‘lgan, lekin XVII asrga kelib u Angliyaga bo‘ysuna boshlagan, siyosiy va iqtisodiy boshqaruv Londonga o‘tgan.
Bugungi kunda 5 milliondan ortiq shotlandlari bor mintaqa keng avtonomiya va alohida parlamentga ega, lekin uzoq vaqtdan beri o‘z davlatini qaytarishni orzu qiladi.
2014 yilda mamlakat aholisining yarmidan kamrog‘i ajralib chiqish uchun ovoz berib Shotlandiya deyarli o‘z mustaqilligiga erishdi. Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bunga to‘siqlik qildi. Mahalliy parlamentning 2023 yilda ikkinchi referendum o‘tkazib, nihoyat mamlakat mustaqilligini qaytarish niyati bor.
Cherkeslar
Adigeylar, kabardlar, cherkes va shapsuglarni o‘z ichiga olgan umumiy soni 4,5 million kishi bo‘lgan xalqlar guruhidan iborat Shimoliy Kavkazning tub xalqlaridan biri. Rossiyada 700 mingga yaqin kishi istiqomat qiladi. XIX asrda Rossiya Kavkaz yerlarini zabt etdi va muxoliflarni, shu jumladan cherkeslarni boshqa mintaqalarga quvib chiqardi. Aksariyati Turkiyaga ko‘chib o‘tgan va hozir ham u yerda yashab kelmoqda.
Rossiyadagi cherkeslar uch sub’yektda – Adigeya, Kabardino-Balkariya va Qorachoy-Cherkesiyada yashaydi. Bu xalqlarning madaniyati, an’analari va tili juda o‘xshash, ular o‘zlarini alohida guruhlarga bo‘lmasdan, yagona etnik guruh deb bilishadi.
***
Bu xalqlardan tashqari yana boshqa o‘nlab etnik guruhlar o‘z davlatiga ega emas. Ko‘pchilik o‘z yerlarida yashashidan mamnun va ajralib chiqishga intilmaydi. Ularning ichida lo‘lilar ham bor: Yevropada ularning soni 11 milliondan oshib ketadi, biroq ular umuman davlatsiz yashashni afzal ko‘rishadi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.