Deputat Samarqand shahar “Suvta’minoti”i nega sudga berganini izohladi

Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashi deputati Shohruh Alibekov “Suvta’minot” idorasi bilan aloqador muammolar bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirdi.

Deputat nima uchun mazkur tashkilotni sudga bergani, sohadagi muammolarni tilga olishi bilan bir qatorda “Suvta’minot” tizimi ishchilarining maoshi kamligiga ham e’tibor qaratgan.

“Samarqand shahrining Anhor, Siyobcha va Kamoliddin Behzod mahallalaridagi “Suvta’minot” bilan bog‘liq muammolar e’tiborimni tortdi.

Men “Suvta’minot”ni deputatlik so‘rovlarimga vaqtida javob qaytarmaganligi uchun sudga berdim, ular ma’muriy javobgarlikka tortildi. Maqsad jarima qilish emas, ijobiy natijaga erishish edi.

“Suvta’minoti” MChJning ishlayotganini, harakat qilayotganini bilaman, nimadir qilishga intilyapti. Lekin har qanday masala mintaqaviy kapital ta’mir, injiniring va qurilish sohasidagi rejalashtirish masalalariga uzluksiz bog‘liq. Bu muammoda aynan o‘sha o‘rta bo‘g‘in va ba’zi yuqori bo‘g‘in rahbarlarini befarq va loqaydligini ta’kidlayman.

“Suvta’minoti" MChJ xodimlariga berilayotgan maosh hali ham kam va qoniqarsiz”, deydi Shoxruh Alibekov.