Diqqat: bugun “Investitsiya kuni” tadbiri o‘tkaziladi

2019 yil 1 may kuni soat 9:00 dan boshlab Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi binosida viloyat hokimligining “Investitsiya kuni” tadbiri o‘tkaziladi.

Tadbirda yangi investitsion loyihalar taqdimoti, investitsiyaviy takliflarni ko‘rib chiqish hamda salohiyatli investorlar bilan uchrashuvlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Shu bilan bir qatorda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish masalalari ham ko‘rib chiqiladi.

Barcha ishbilarmon va tadbirkorlarni, investorlarni “Investitsiya kuni” tadbiriga taklif etamiz.