Diqqat! Samarqand shahri ayrim ko‘chalarida vaqtincha harakat to‘xtatiladi
2019 yilning 14-15 iyun kunlari professionallar o‘rtasida Samarqand shahrida sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkaziladi. Turnir o‘tkazilayotgan hududda, jinoyatchilikning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida shahar hokimi v.b. B.Obloqulovning tegishli farmoyishi qabul qilindi. Unga ko‘ra Samarqand shahridagi quyidagi ko‘chalarda joriy yilning 15 iyun kuni soat 18.00 dan 23.00 gacha avtotransport vositalarining harakati vaqtincha ta’qiqlanadi:
- Alisher Navoiy ko‘chasining Universitet xiyoboni bilan tutashgan qismidan Mustafo Kamol Ota Turk ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismida;
- Abdurahmon Jomiy ko‘chasining Universitet xiyoboni bilan tutashgan qismidan O‘zbekiston ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismida transport vositalarining harakati vaqtincha ta’qiqlanadi.
Samarqand shahar hokimligi.