Dori-darmon reklamasida foydalanish noo‘rin bo‘lgan jumlalar e’lon qilindi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi dori-darmon vositalari reklamasidagi ba’zi kamchiliklarni ma’lum qildi.

Unda aytilishicha, “№1”, “Eng yaxshi”, “Faqat”, “Haqiqiy”, “Faqat bizda”, “Eng aniq”, “Ekologik toza”, “100 foiz kafolat”, “Jahon andozalariga to‘liq mos”, “Hamma talablarga to‘liq javob beradi”, “Juda sifatli“, “Samarasi isbotlangan”, “100 foiz natija”, “Ishonchli davo”, “Aks ta’sirlari yo‘q”, “Maqbul tanlov”, “Barcha xavfsizlik choralari ko‘rilgan”, “Eng oxirgisi”, “Har jihatdan davo”, “Maqbul qaror”, “Dunyoda yetakchi”, “Eng ishonchli”, “Eng oxirgi avlod preparati”, “O‘xshashi yo‘q”, “Aks ta’siri juda kam”, “Og‘riqni unutasiz”, “Butun oila uchun”, “Noyob tarkib” kabi jumlalardan reklamada foydalanish mumkin emas.

Bunday jumlalar reklama qilinayotgan mahsulotni bo‘rttirib, foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishi mumkin bo‘lgan holat hisoblanadi.