Past Darg‘omda 102 turdagi noqonuniy dori vositalari aniqlanib, yo‘q qilindi

Majburiy ijro byurosining Past Darg‘om tuman bo‘limi tomonidan jami 26 ta sud hujjatlariga asosan, 102 turdagi va qiymati 226,3 mln. so‘mdan ortiq bo‘lgan sifati kafolatlamagan dori-darmon vositalari hamda jinoyat ishida ashyoviy dalil sifatida e’tirof etilgan ashyoviy dalillar va boshqa tovar-moddiy boyliklar tegishli tartibda yo‘q qilinishi belgilangan.

Mazkur ijro hujjatlarini ijrosini ta’minlash maqsadida ijro harakatlari tayinlanib, keng jamoatchilik vakillari mutasaddi tashkilotlar hamda xolislar guvohligida belgilangan tartibda yo‘q qilinib, tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Bekjon ShAVKATOV,
Byuroning Past Darg‘om tuman bo‘limi davlat ijrochisi.