DTM test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, topshiriqlar soni hamda ularni baholash mezonlarini e’lon qildi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2020-2021 o‘quv yili qabulidan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

✅ Unga ko‘ra,
👉 Test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fandan o‘tkaziladi.
👉 Test topshiriqlari soni har bir fan bo‘yicha 30 tadan, jami 60 tani tashkil etadi.
✅ Ballar quyidagicha belgilanadi:
👉 Birinchi fan - 30 ta savol. Har biri uchun 3.2 balldan. Maksimal ball – 96 ball.
👉 Ikkinchi fan - 30 ta savol. Har biri uchun 3.1 balldan. Maksimal ball – 93 ball.
👉 Jami to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.
Ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.