Dunyo aholisining 700 milliondan ortig‘i toza suvdan mahrum

22 martda dunyoning ko‘plab mamlakatlari Butunjahon suv kunini nishonlashadi. Ushbu kun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 1992 yil 22 dekabrdagi qarori bilan joriy etilgan.

Jahon suv kuni g‘oyasi birinchi bo‘lib 1992 yil 3-14 iyun kunlari Rio-de-Janeyro (Braziliya)da bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining «Atrof-muhitni muhofaza qilish va rivojlantirish» (YuNSED) bo‘yicha konferensiyasida e’lon qilindi.

Butunjahon suv kunini nishonlashning maqsadi ichimlik suvdan foydalanishning muhimligini ta’kidlash va suv resurslaridan barqaror foydalanishni targ‘ib qilishdir.

Ma’lumki, yer yuzining 70 foizi suvdan iborat bo‘lib, 1,4 milliard kvadrat kilometr suvning 97,5 foizi sho‘r va umumiy suv hajmining atigi 2,5 foizini chuchuk suv (daryo, soy, ko‘l va botqoqliklar) tashkil etadi.

Taxminan 35 million kvadrat kilometr toza suvning aksariyati - 24,4 million kvadrat kilometri muzliklar, muzlar va doimiy muzliklarda mujassam, 10,7 million kvadrat kilometri esa yer ostida yashiringan. Yer daryolarining ulushi atigi 0,002 million kvadrat kilometr ichimlik suvdan iborat yoki bu uning barcha shaklidagi zaxiralarining 0,01 foizini tashkil etadi, degani.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda suv resurslari tanqisligi dunyo aholisining 40 foizidan ko‘prog‘iga ta’sir qilmoqda. Dunyo aholisining 700 milliondan ortig‘i toza suvdan mahrum. Bu sayyoraning har uchinchi kishisi toza, bezarar ichimlik suvidan mahrum ekanidan dalolat. Hattok daryo havzalari hududlarida yashovchi 1,7 milliarddan ortiq odam qo‘shimcha toza suv manbalariga muhtoj. Mutaxassislar fikricha, XXI asrning o‘rtalariga kelib doimiy suv tanqisligidan aziyat chekuvchilar soni 4 milliard kishidan oshadi.

G.Xoldorova tayyorladi.