Dunyo cho‘llaridagi sirli topilmalar
Cho‘llar Yer yuzasining uchdan bir qismini egallaydi. Bu tabiiy hududlar o‘tmishimiz sirlari va bugungi kunning tushuntirib bo‘lmas hodisalarini ochib beradi. Shu bilan birga cho‘llar dunyo tarixini zamona qumlari bilan qoplab, kengayishda davom etmoqda, arxeologlar esa sayyoramizning o‘tmishi haqidagi tushunchalarimizni o‘zgartirishga qodir topilmalarga boyimoqda.
Loulan mumiyolari
1899 yilda shved sayohatchisi Sven Gedin Takla-Makan cho‘lidagi 4000 yillik Loulan shahri xarobalariga duch keldi. 1980 yilda u yerdagi qadimiy manzilgoh yaqinida yoshi taxminan 3800 yilga teng (bo‘yi 180 sm., sariq sochli) kavkazlik ayolga tegishli “Loulan go‘zali” nomini olgan mo‘miyo topildi. Loulan go‘zalining yonida 50 yoshli “cherchen erkak” dafn etilgan. Bu topilmalar Ichki Osiyoda 2000-3000 yil avval yevropeoidlarning keng tarqalganidan dalolat beradi.
Namib cho‘lidagi sirli doiralar
Namib cho‘lida g‘ayrioddiy hodisani – toshloq tuproqda diametri 2 metrdan 10 metrgacha bo‘lgan yuzlab mo‘’jizaviy doiralarni uchratish mumkin. Mahalliy aholi yer ostida ajdaho yashashi va uning nafasi bu doiralarni qovjiratib qo‘yishiga amin. Olimlar bu hodisa termitlar, radioaktiv tuproq yoki ma’lum bir o‘simlik tomonidan chiqarilgan toksinlar tufayli yuzaga kelishi haqida fikr bildirmoqda.
Binafsharang sharchalar
2013 yilda AQShlik er-xotin sayr qilayotib Arizona cho‘lida minglab binafsha rangli sharlarga duch kelishdi. G‘alati shaffof sharchalar suvli va yopishqoq bo‘lardi, mahalliy televideniye ular haqida hatto hujjatli film suratga tushirdi. O‘simlikshunoslarning ta’kidlashicha, bu shilimshiq zamburug‘ yoki yolimshak (jele) mog‘orlari bo‘lishi mumkin.
Gigant kelgindi panjasi
2016 yilda o‘zini paronormal tadqiqotchi deb e’lon qilgan guruh Peruning Kusko shahridagi g‘orlarni qazish paytida uch barmoqli qo‘l topilganiga da’vo qilishdi. Bundan tashqari, jamoa teri bo‘laklari saqlanib qolingan, cho‘zilgan bosh suyagini ham topdi. Rentgen qo‘ldagi metall implantlarga o‘xshash narsalarni ko‘rsatdi. Olimlar hali uch barmoqli qo‘l kimga tegishli bo‘lishi mumkinligi haqida javob berishga qiynalyapti.
Sahrodagi ko‘l
Bir necha yil oldin Tunisdagi Gafsa shahridan 25 kilometr uzoqlikda cho‘l o‘rtasida yo‘q joydan... bir ko‘l hosil bo‘ldi. Olimlar sirli suv ombori seysmik faollik tufayli hosil bo‘lgan bo‘lishi mumkin taxminini olg‘a surishayotir.
Gobi cho‘lidagi g‘alati naqshlar
2011 yilda Google Earth xizmati foydalanuvchilari Xitoyning Gobi cho‘lida g‘alati naqshlarni ko‘rib qolishdi. Kimlargadir Shinjon viloyati va Gansu provinsiyasi chegarasidagi bu ob’yektlarni o‘zga sayyoraliklar yaratgandek tuyulsa, boshqalari Xitoy AQShga qarshi havo hujumi uyushtirayapti va shu yerda mashg‘ulotlar o‘tkazayapti, degan fikrni bildirishdi. Aslida bir vaqtlar bu chizmalar sun’iy yo‘ldoshlar uchun belgilar bo‘lib xizmat qilgan. O‘shanda kosmik kemalar o‘lcham olib, o‘z linzalarni mo‘ljal tomon yo‘naltirishi mumkin edi.
Atakamalik gumanoid
Atakama gumanoidi bu 2003 yilda Atakama cho‘lidagi tashlandiq La-Noriya cho‘lida topilgan bo‘yi 15 santimetrdan iborat kichkina odam mo‘miyosi. Bu mo‘miyoning odamlar uchun odatiy bo‘lgan o‘n ikki qovurg‘asidan farqli o‘laroq, faqat to‘qqiz juft qovurg‘asi va juda cho‘zilgan bosh suyagi bor. DNK tahlili topilma insonning kam uchraydigan erkak mutatsiyasi ekanligini ko‘rsatdi. Bola mittilikning eng og‘ir shaklidan aziyat chekkan v taxminan yetti yil yashagan.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.