Dunyo voqealari qisqa satrlarda: Fransiyada suv toshqini. Eronda politsiya bo‘limiga hujum uyushtirildi. Armaniston va Ozarbayjon harbiy asirlarni almashdi

🔻  Eronda politsiya bo‘limiga hujum oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan. Terrorchilar bugun ertalab Eron janubi-sharqidagi Rask shahridagi politsiya bo‘limiga hujum qilishgan.

🔻  Yaman qirg‘oqlarida Bolgariya yuk kemasi qo‘lga olingan. Bortda 18 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Ekipaj bilan aloqa uzilgani sababli kema aynan kimlar tomonidan qo‘lga olingani ma’lum emas. 

🔻  Putin Ukrainada "denazifikatsiya"ni davom ettirish niyatida. “Ukrainada “denazifikatsiya” va “demilitarizatsiya” amalga oshmaguncha tinchlik bo‘lmaydi", degan Putin yil yakuniga bag‘ishlangan matbuot anjumanida.

🔻  Fransiyaning Sharent daryosida suv sathi ko‘tarilgani ortidan aholi evakuatsiya qilinmoqda.  

🔻  Armaniston va Ozarbayjon harbiy asirlarni almashishdi. Ozarbayjon 32 arman askarini o‘zining ikki askariga almashgan. 7 dekabr kuni Ozarbayjon prezidenti ma’muriyati va Armaniston bosh vaziri devoni o‘rtasida o‘zaro ishonchni mustahkamlashga qaratilgan kelishuvga erishildi. Sentyabrda Boku harbiy operatsiya davomida Tog‘li Qorabog‘ hududi nazoratini tikladi, shundan so‘ng 100 mingdan ortiq etnik armanlar mintaqani tark etgan.

🔻  Qozog‘iston mamlakatning qurol eksportiga qo‘ygan cheklovlari, shuningdek, “hozirda bozor va ehtiyojlar cheklangani” sababli "Kalashnikov" avtomatlarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi.

🔻  Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan fuqarolik shartnomasiga kirmaydigan barcha amaldorlarni zudlik bilan lavozimidan chetlashtirishni buyurdi. Armaniston hukumati rahbariga ko‘ra, partiyaga a’zo bo‘lmaganlar uning ishonchli hamkorlari bo‘la olmaydi.

🔻  Ukrainaning Ittifoqqa qo‘shilishi va uzoq muddatli moliyaviy ko‘mak masalasi ko‘rib chiqilayotgan sammitda Ukraina prezidenti Zelenskiy shaxsan qatnashmoqchi edi. Ammo YeI yetakchilari Ukrainani ittifoqqa qo‘shilishiga qarshi bo‘lib kelgan Vengriya bosh vaziri Orbanning munosabatidan xavfsirab, taklifnoma yuborishmagan. Bugun Orban YeIning Ukrainaga 50 milliard yevro miqdorida iqtisodiy yordam ajratish qaroriga veto qo‘yganini ma’lum qilgan.

🔻  Birinchi turk kosmonavti 2024 yil 9 yanvarda koinotga chiqadi.