Dunyo voqealari qisqa satrlarda: Rossiyada prezidentlik saylovlari sanasi belgilandi. HAMAS muzokaraga tayyor. Ukrainadagi mojaro yakuniy bosqichdami?
🔻 Rossiyada prezidentlik saylovlari sanasi haqida Rossiya Federatsiya Kengashi qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, saylov 2024 yil 17 martda bo‘lib o‘tadi.
🔻 Bir kunlik sammitda asosiy e’tibor strategik va global iqtisodiy masalalar yuzasidan fikr almashishdan iborat bo‘lsa-da, tahlilchilar Yevropa Ittifoqi yetakchilari va Xitoy rahbari o‘rtasidagi uchrashuv samarali bo‘lishiga ishonmaydi. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Leyen Pekinda Yevropa Ittifoqi va Xitoyning so‘nggi 4 yildagi birinchi yuzma-yuz sammitida aytdi. Chunki YeI va Xitoy o‘rtasida hali ham ko‘p tafovut mavjud, yirik savdo kamomadidan tortib, Ukrainadagi urushgacha.
🔻 Kiyevga harbiy yordam AQShdagi siyosiy qarama-qarshiliklar "garov"ida. AQSh Senati immigratsiya bo‘yicha kelishmovchilik tufayli Ukraina va Isroilga yordam ko‘rsatishni blokladi. Respublikachi senatorlar Oq uyning Ukraina va Isroilga favqulodda yordam sifatida 106 milliard dollar so‘rashini to‘sgan. Ular hukumatning har kuni Meksikadan chegarani kesib o‘tayotgan 10 mingga yaqin muhojirlarga qarshi chora ko‘rmaganidan norozi. Vashington esa shu kunlarda 175 million dollarlik qurol paketini imzolagan. Ammo bu avvalroq kelishilgan edi.
🔻 Erdo‘g‘an Gretsiyaga uchdi, bu Turkiya prezidentining Afinaga so‘nggi 70 yildagi ikkinchi tashrifidir. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar doimo keskin bo‘lib kelgan, 2020 yilning yozida ular hatto qurolli to‘qnashuv yoqasida bo‘lgan.
🔻 HAMAS G‘azoda garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashga tayyor. Shunday bayonot bilan HAMAS Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya shartni aytib o‘tdi: “Isroil G‘azodan chiqishi bilanoq muzokaralarni qayta boshlashga tayyormiz”. Avvalroq HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvarning uyi qurshab olingani ma’lum bo‘ldi.
🔻 Bishkek Qirg‘iziston imkon qadar Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarga amal qilinayotganini ma’lum qildi. Ammo mamlakat tashqi ishlar vaziri sanksiya talablari bajarilishini har doim kuzatib borish imkonsiz ekanini ma’lum qilgan.
🔻 Rossiyaning Bryanks shahri gimnaziyasining 8-sinf o‘quvchi qizi o‘z sinfdoshlarini ov miltig‘i bilan otib, so‘ngra o‘z joniga qasd qilgan. Uch kishi halok bo‘lgan, besh kishi turli jarohat olgan.
🔻 6 dekabr kechqurun AQShning Nevada universitetidagi otishmada uch kishi halok bo‘lgan. Shu kuni AQSh Senatidagi respublikachilar demokratlarning hujum qurollarini taqiqlashiga to‘sqinlik qilishga uringan.
🔻 Eron prezidenti Moskvaga uchib ketdi.
🔻 AQShlik sobiq razvedka xodimi Skott Ritter Ukrainadagi mojaro yakuniy bosqichda ekanini aytdi: Ukrainadagi mojaro Odessaning Rossiya armiyasi nazoratiga olinishi bilan yakunlanadi. Rossiya Qrim yarim oroliga tahdid tufayli butun Qora dengiz qirg‘oqlarini o‘z nazoratiga olmasdan turib, hozirgi mojaroga barham bera olmaydi. Shu bilan birga, Ukraina Qurolli kuchlariga G‘arb ittifoqchilari tomonidan yordam to‘xtatilishi tufayli mojaro o‘z yakuniy bosqichiga kirmoqda.
🔻 Eron “Salman” raketasi yordamida 130 kilometr balandlikka og‘irligi 500 kilogramm bo‘lgan yangi biokapsula uchirdi. Ushbu kapsula odamlarni koinotga jo‘natish bo‘yicha yo‘l xaritasining bir qismi sifatida ishlab chiqilgan.