Dunyoda birinchi marta: cho‘kayotgan davlat ko‘chishga tayyorlanmoqda

Okeaniyadagi Tuvalu davlati dunyoda birinchi bo‘lib boshqa hududga ko‘chib o‘tadi. Iqlim o‘zgarishi tufayli Tuvaluning suv ostida qolishi shu qarorga kelishga sabab bo‘ldi.

Noyabr oyi boshida tashqi ishlar vaziri Saymon Kofe BMTning iqlim sammiti uchun tizzagacha suvda turib videomurojaat yozdi.

Kofening fikricha, global isish tufayli orol hududini jahon okeani suvi bosadi va unda mutlaqo yashab bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan, eng yomon holatda, hukumat to‘liq ko‘chishga qaror qildi.

Ayni paytda okeandan suv oqimini to‘sish uchun to‘siq devorlarini qurish davom etmoqda.

Rasmiylar Tuvalu hududsiz qolgan taqdirda ham, boshqa davlatlar uni tan olishini ta’minlashga harakat qilmoqda.

Bundan tashqari, amaldorlar “raqamli millat”ni yaratish texnologiyasini ishlab chiqmoqda, bu esa mahalliy aholining qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar “birga bo‘lish” imkonini beradi. Xususan, Tuvalu barcha madaniy bilimlarni raqamlashtirmoqchi.

Chikago ham suv ostida qolishi mumkin
Shuningdek, aholisi bo‘yicha AQShning eng yirik shaharlaridan biri bo‘lgan Chikago ham yo‘q bo‘lish xavfi ostida. Olimlar iqlim o‘zgarishi bilan bog‘layotgan so‘nggi besh yildagi eng ko‘p yog‘ingarchilik aholi punktiga xavf tug‘dirmoqda.

Ta’kidlanishicha, kuchli yog‘ingarchilik va qurg‘oqchilik mahalliy Chikago daryosi, shuningdek, Michigan ko‘li suv sathining keskin o‘zgarishiga olib kelib, shaharga jiddiy zarar yetkazmoqda.