Dunyoda eng ko‘p sotiladigan narsa nima? Okeanlarda qancha oltin yashiringan?

🔹 Butun dunyoda eng mashhur va eng ko‘p ishlatiladigan so‘z bu okey (Okay, OK) so‘zidir.

🔹 Akulalar juda uzoq umr ko‘radi. Ba’zilarining yoshi hatto qadimiy daraxtlardan ham qariroqdir.

🔹 Sayyoramiz aholisining yarmi hech qachon qorni ko‘rmagan.

🔹 Olmaxonlar mushuklar kabi xurillaydi. Ular odamlarga yaqinlashishdan qo‘rqishi sababli bu haqda juda kam odam biladi.



🔹 Dunyoda eng ko‘p sotiladigan narsa nima ekanligini ayta olasizmi? Ajablarli, biroq, bu - Kubik-Rubikdir! Ikkinchi o‘rinda Apple texnologiyasi turadi.

🔹 Kolibri – nafaqat kichik hajmi, tashqi ko‘rinishi yoki tezligi tufayli ajoyib, u orqaga qarab ucha oladigan yagona qushdir. Shu bilan birga bu qush yerda yura olmaydi.

🔹 Telefon ixtirochisi butun hayoti davomida hech qachon onasiga yoki sevimli xotiniga qo‘ng‘iroq qilmagan. Sababi, ularning ikkalasi ham kar bo‘lgan. Demak, u ushbu qurilmani shaxsiy maqsadlari uchun emas, balki insoniyat uchun ixtiro qilgan.



🔹 Qurbaqa yomg‘iri, bu uydirma emas. 1997 yilda Meksikada bu kichik jonzotlar bo‘roni bo‘lib o‘tgan. Ushbu yomg‘ir noxush tuyg‘ular qoldirgan bo‘lsa, ajabmas.

🔹 Zamonaviy eskimos (AQSh Alyaskasi, Shimoliy Kanada va Grenlandiya orolida yashaydigan xalq)lar ovqatni sovutish uchun emas, muzlardan saqlash uchun muzlatkich sotib oladi. Muzlatkich isitish uchun ishlatiladigan bo‘lsa, u yerlar qanchalik sovuqligini o‘zingiz tasavvur qiling.



🔹 Okeanlarda insoniyat butun tarixi davomida qazib olinganidan ko‘ra yuz marta ko‘proq oltin yashiringan. Demak, okean tubida dunyo iqtisodiyotini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan xazina bor ekan.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.