Dunyodagi eng boy hayvonlar

Qanday qilib ular boyliklarini meros qilib oldilar?

XVII asrda Fransiya kardinali Rishele barcha merosini o‘zining sevimli 14 ta mushugiga qoldirdi. Qaror kardinalning yaqinlariga yoqmadi va uning o‘limidan so‘ng hayvonlar o‘ldiriladi.

Bunday holat hatto chor Rossiyasida ham sodir bo‘lgan: Mariya Leonteva ismli savdogar pullari va mol-mulkini o‘z itiga qoldirgan. Hayvon o‘lganidan keyin ham uning qarindoshlari pulni ololmagan, chunki mablag‘lar shahar g‘aznasiga tushgan.

Zamonlar o‘zgardi, lekin ba’zi odamlarning hali ham merosini o‘zining uy hayvonlariga qoldirishi boshqalarni hayratda qoldiradi. Ushbu maqolada bu savolga javob topishga, shuningdek, qaysi hayvonlar millionlab dollarlarni meros qilib olganligi va ularning taqdiri nima bo‘lganligi haqida bilib olamiz.

Shupett

 

BBC News  nashrining xabariga ko‘ra, mashhur dizayner Karl Lagerfeld 2019 yilda shunga o‘xshash ishlarni amalga oshirgan. U o‘zining Shupett laqabli mushugiga 200 million dollar qoldirgan. Vasiyatnomasida u unga g‘amxo‘rlik qiladigan odamni ham “tayinlab” qo‘ydi.

Gyunter-IV

 

Dunyodagi eng boy hayvon, Gyunter-IV laqabli nemis ovcharkasiga 373 million dollarlik katta meros uning o‘z otasi Gyunter-IIIdan o‘tgan. O‘z navbatida, otasiga bu meros 1991 yilda grafinya Karlotta Libenshteyndan o‘tgan. Qizig‘i, uning boyligi doimiy ravishda o‘sib bormoqda, chunki o‘limidan oldin Karlotta Libenshteyn muvaffaqiyatli sarmoyalar kiritgan edi.

 Teleboshlovchi Opra Uinfrining itlari 

Amerikalik teleboshlovchi Opra Uinfri o‘z golden-retriyever zotli Luka va Laylo, koker-spaniyel zotli Sadi va springer-spaniyel zotli Sanni va Loren laqabli itlarini yaxshi ko‘rishi aniq: U o‘z veb-saytiga muntazam ravishda ularning suratlarini joylab turadi va ular uchun 30 million dollarlik jamg‘arma tashkil qilgan.

Bleki

 

1988 yilda telerejissyor va antiqa buyumlar sotuvchisi Ben Ri o‘zining Bleki laqabli mushugiga 25 million dollar qoldirdi. Uning 15 ta uy hayvonlari bor edi, biroq Bleki uning o‘z egasiga qaraganda uzoqroq yashagan yagona uy hayvoni bo‘ldi. Uchta xayriya tashkiloti mushukni parvarish qilishni o‘z zimmasiga oldi, millionerning qarindoshlariga esa hech narsa tegmadi. Bleki "Ginnesning rekordlar kitobi"ga dunyodagi eng boy mushuk sifatida kiritilgan.

Jigo

 

2000 yilda britaniyalik noshir Maylz Blekvell va uning rafiqasi o‘zining “Blackwell Publishers” oilaviy kompaniyasidagi ulushlarini sotdi. Ularning farzandlari yo‘q edi, xotini vafotidan keyin esa Maylz Blekvell yolg‘iz hayot kechirdi. Uning faqatgina Jigo laqabli tovug‘i bo‘lgan.

Sobiq noshirning 85 million dollari bor edi, 16 million dollarini u tovug‘iga vasiyat qilib qoldirdi. Qolgan pullarini esa xayriya tashkilotlariga tarqatdi. Maylz Blekvellning o‘limidan keyin tukli hayvonning taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.